Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ba’zi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etiladi

Ba’zi asbob-uskunalar bojxona boji va QQSdan ozod etiladi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 482-son qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat ishlab chiqarishida xomashyo uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha qulayliklarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»  12.10.2022 yildagi PQ-392-son qaroriga muvofiq, respublika hududiga import qilishda bojxona boji va qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladigan alohida asbob-uskunalar ro‘yxati tasdiqlandi.

Mazkur ro‘yxat o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalarni kiritish hisobiga kengaytirildi.

Shuningdek, hujjatda investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berish belgilangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2023 yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring