Bedarak yo‘qolgan yigitning jasadi bir oy o‘tib dala maydonidan topildi

Xorazm viloyati Gurlan tumanida yashagan, 1997-yilda tug‘ilgan B.M. 2018-yil 31-dekabr kuni tungi paytda o‘rtog‘ining uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.
Xorazm viloyati IIB xabar qilishicha, 2019-yilning 31-yanvar kuni M.B.ning jasadi o‘zi yashagan mahalladagi fermer xo‘jaligining shudgor qilinib, sug‘orib qo‘yilgan dala maydonidan topilgan.
M.Boboxonovning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, u «organizmning past haroratda sovuq qotishi» natijasida vafot etganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan tekshiruv ishlari prokuratura organlari tomonidan olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter