Beeline Academy 1000 nafar informatika o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt bo‘yicha bepul kurslarga qabul boshladi

Beeline Uzbekistan Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda informatika o‘qituvchilari uchun sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llash bo‘yicha yirik bepul o‘quv loyihasini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu Beeline Academy doirasidagi STEM-ta’limni rivojlantirish bo‘yicha tashabbusning yangi bosqichidir. Loyiha doirasida butun mamlakat bo‘ylab 1000 nafar o‘qituvchi zamonaviy bilimlarni egallaydi.
Dastur Tashkent International University of Education (TIUE) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. O‘qish boshlanishidan oldin tanlovdan o‘tgan o‘qituvchilar so‘rovnomadan o‘tadilar. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ular tayyorgarlik darajasi hamda ta’lim tili (rus yoki o‘zbek) bo‘yicha 4 ta guruhga ajratiladi.
Ishtirokchilar uchun metodistlar, texnik koordinatorlar, moderatorlar va raqamli texnologiyalar sohasidagi malakali mutaxassislar ishtirokida jonli interaktiv onlayn mashg‘ulotlar tashkil etiladi. Attestatsiya yakuniga ko‘ra, o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan ishtirokchilar malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikatni qo‘lga kiritadilar.
Loyihaning asosiy maqsadi — o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini O‘zbekiston ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga samarali integratsiya qilishni qo‘llab-quvvatlashdir.
«Bugungi kunda sun’iy intellekt — raqamli transformatsiyaning ajralmas qismiga aylangan. Uning vositalarini egallash esa kelajakdagi raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. AI1440 kompaniyamiz strategiyasi ham, butun O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotining rivojlanishi ham, yangi IT-yechimlarni yaratishga qodir bo‘lgan yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga asoslangan. IT-mutaxassislarining yangi avlodini shakllantirish esa bizning eng muhim ustuvor vazifamizdir. Shu sababli biz avvalo ularni o‘qitadiganlardan - o‘qituvchilardan boshlaymiz», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.
«TIUE ushbu keng qamrovli loyihaning bir qismi bo‘lishdan mamnun. Beeline Uzbekistan bilan birgalikda biz sun’iy intellekt sohasida amaliy ko‘nikmalarni egallash uchun qulay onlayn-muhit yaratmoqdamiz. Bu raqamli ta’lim va O‘zbekistonning IT-mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida muhim qadamdir», — deya ta’kidladi TIUE rektori Nosir Xodjayev.
Dasturda davlat va xususiy maktablar, litseylar, kollejlar hamda oliy ta’lim muassasalarining informatika o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin. Ishtirok uchun ish joyidan ma’lumotnoma talab etiladi.
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish maxsus forma orqali amalga oshiriladi.
Beeline Academy 2023 yilda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, Beeline Uzbekistan dastlab bu loyihaga $150 ming sarmoya kiritgan. 2023–2024 yillarda 50 nafar tinglovchi — yangi boshlovchilar va tajribali mutaxassislar — kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘quv kurslarini tamomladilar.
2024 yilning dekabr va aprel oylarida 210 dan ortiq informatika o‘qituvchilari Beeline Academy va TIUE hamkorligidagi dastur doirasida neyrotarmoqlar, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, kibergigiyena, Python, 3D-grafika va Frontend ishlab chiqish bo‘yicha malaka oshirdilar.
Beeline Uzbekistan shuningdek, iste’dodlarni rivojlantirish va kuchli korporativ madaniyat uchun EMBRAS xalqaro mukofoti hamda Top Employer sertifikatlari bilan taqdirlangan.
Beeline Uzbekistan haqida
«Unitel» MChJ 2006 yilning 12 sentyabridan boshlab «Beeline Uzbekistan» savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Dubay shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 va 2025 yillarda «Top Employer» maqomiga ega bo‘ldi.
VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarining provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ fond bozorida joylashtirilgan.
Beeline Uzbekistan’da 2 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1.4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollarga yaqin soliq to‘langan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
Twitter: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter