Bektemir chempionlik jangida raqibini ringga qulatdi

Professional boksning super o‘rta vazn (-76,2 kg) toifasida ringga chiqayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (6-0, 5 KO) o‘zining navbatdagi jangini meksikalik Alan Kampaga (17-6, 11 KO) qarshi o‘tkazdi.
Jangning 2-raundida Bektemir raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi. 3-raundda bokschimizning kuchli zarbalaridan so‘ng meksikalik ringga quladi. Shu tariqa Meliqo‘ziyev professional boksdagi 6-g‘alabasini nishonladi.

Bektemir ushbu g‘alabasi orqali WBO Intercontinental kamariga ega chiqdi. Meliqo‘ziyevning professional boksdagi g‘alabalari soni oltitaga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter