Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir tumanida giyohvandlik vositalarini tashuvchilar qo‘lga olindi (video)

Bektemir tumanida giyohvandlik vositalarini tashuvchilar qo‘lga olindi (video)

Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Qora dori 2025" tezkor profilaktik tadbiri davom etmoqda.

Toshkent shahar Bektemir tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tezkor qidiruv vakillari tomonidan shubhali shaxslar to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshiruvdan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida ulardan birining yonida 16 dona sariq va 1 dona ko‘k rangli izolentaga o‘ralgan oq rangli o‘tkir hidli kukunsimon modda borligi aniqlangan.

Tezkor tadbir davomida mazkur shaxsning qo‘l telefoni tekshirilganda uning giyohvand modda yetkazib beruvchi shaxs bilan yozishmalari topilgan.

Tadbir davomida telefon yozishmalari orqali aniqlangan yetkazib beruvchi shaxsning xonadonidan jami 14 ta kassetada 140 dona oq-qizil rangli kapsulalar va 2 ta shaffof rangli polietilen paketga o‘ralgan o‘tkir hidli kukunsimon moddalar aniqlangan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, dastlabki gumonlanuvchidan olingan giyohvand moddalarning ikkitasi kuchli ta’sir qiluvchi modda, 16 dona o‘ramdagi daliliy ashyo esa 5,94 gramm sintetik modda ekani aniqlangan.

Xonadondan topilgan dori vositalari ham kuchli ta’sir qiluvchi moddalar va ikki dona paket ichidagi modda esa giyohvandlik vositasi ekanligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ifreym yoziladi
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring