Bektemirdagi yashirin sexda 2,6 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh bo‘ldi

Bektemir tumanida yashirin konserva sexida 2,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va “Hududgaz Poytaxt” GTF xodimlari hamkorligida o‘rganish o‘tkazilgan. Unda fuqaro R.Q. Bektemir tumani, “Oltintopgan” MFY hududidagi xonadonda tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan konserva mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yib, tuman gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olib, 889,8 ming m3 tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,6 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter