Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belarus Elektron xizmatlar milliy markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Belarus Elektron xizmatlar milliy markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining TIBO-2021 xalqaro forumidagi ishtiroki doirasida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi va Belarus Respublikasi Elektron xizmatlar milliy markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov va «Elektron xizmatlar milliy markazi» respublika unitar korxonasi direktori R.Gradusov o‘rtasida Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida imzolandi.

Memorandumdan asosiy maqsad – O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida elektron hukumat sohasida amaliy hamkorlik va tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Memorandum doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli ustuvor yo‘nalishlarda, shu jumladan elektron hukumat infratuzilmasini, axborot tizimlari va resurslarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlari milliy portalini rivojlantirish kabi bir qator yo‘nalishlarda birgalikda ishlash va tajriba almashishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun: «Elektron xizmatlar milliy markazi» respublika unitar korxonasi Belarus Respublikasida elektron hukumat asosini tashkil etuvchi eng muhim idoralararo axborot tizimlarining infratuzilma operatoridir. Ushbu markazning asosiy vazifalari orasida fuqarolar va tashkilotlar uchun elektron xizmatlar ko‘rsatish hamda elektron xizmatlar ko‘rsatish davlat tizimini qurish hisoblanadi. Markaz 2012 yilda Belarus Respublikasi Prezidenti huzuridagi Operativ-tahlil markazi huzurida tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring