Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiya, Monako, Lyuksemburg va Malta Falastin davlatini tan oldi

Belgiya, Monako, Lyuksemburg va Malta Falastin davlatini tan oldi

Kecha Fransiyadan so‘ng Yevropaning yana bir qator mamlakatlari Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi, deb xabar berdi CNN.

BMT Bosh assambleyasi doirasida ikki davlat tuzish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha yuqori darajadagi xalqaro konferensiya chog‘ida Belgiya, Monako, Lyuksemburg va Malta Falastin davlatini tan oldi.

Bir kun avval Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya Falastinni rasman tan olgan edi.

Qayd etishicha, ayni paytda Falastin davlatini tan olgan davlatlar soni 145 tadan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring