Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiyada pichoqlashish: javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Belgiyada pichoqlashish: javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

Foto:«Herald Scotland»

Belgiyaning Liyege shahrida ikki nafar politsiya xodimi va bir fuqaro halok bo‘lgan pichoqli hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Benyamin Herman ismli shaxs qamoqda jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lgan. U qamoqxona ma’muriyatidan 24 soatga ruxsat so‘rab uyiga ketayotib, bir kafening oldidagi politsiya xodimlariga pichoq bilan hujum qilib, ularning to‘pponchasini tortib olgan. Ikki nafar politsiya xodimini otib tashlab, yo‘ldan o‘tayotgan mashinaga ham o‘q uzgan.

Voqeani qayd etgan kameralarni ko‘zdan kechirgan xavfsizlik xodimlari Benyamin Hermanning bir necha marta o‘q uzganini, buning oqibatida ikki politsiyachi yerga qulaganini ko‘rgan. Tasvirda, shuningdek, voqeaga yaqin joydagi litsey binosi oldida ham bir necha kishi ta’qibga olingani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring