Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin narxi keskin oshdi

Benzin narxi keskin oshdi

«O‘zbekneftgaz» AJga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinining narxi ikki hafta ichida 1700 so‘mga qimmatladi.

«Yaqindagina «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-92 benzinining bir litri 7500 so‘mdan 8600 so‘mga oshirilgan edi.

Endi o‘sha benzin (AI 92) narxi yana 600 so‘mga oshirilib bir litri uchun 9200 so‘mni tashkil etmoqda.

Bu o‘tgan o‘n besh kun ichida benzin narxi 1700 so‘mga oshganligini anglatadi.

Yoqilg‘i narxining bunday keskin ko‘tarilishi boshqa soha va tarmoqlarda ham narx oshishiga olib kelishi tabiiy. Shu bois, mas’ullardan bu bo‘yicha izoh kutamiz», deb yozadi Rasul Kusherbayev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring