Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzin narxi oshishi tegishli idoralar «nazari»ga tushdi

Benzin narxi oshishi tegishli idoralar «nazari»ga tushdi

Foto: «Xabar.uz»

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda benzin narxlariga ta’sir qiluvchi omillarni, shu jumladan bozor ishtirokchilarining narxlarni sun’iy o‘sishga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlarini aniqlash va bartaraf etish ishlari davom ettirilayotganligi ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qo‘shimcha axborot, 2021 yil 16 noyabr kuni O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan Yuqori likvidli va monopol tovar va xomashyolari birja savdolarini yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida beriladi.

Estalib o‘tamiz, yil boshidan beri benzin narxi 63 foizgacha o‘sdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring