Benzobakka ko‘proq benzin sig‘dirish bo‘yicha layfhak
Benzin narxi osmonda bo‘lib turgan bunday paytda odamlar o‘z mashinalariga ko‘proq yoqilg‘i quyib olishni juda istaydi. Ammo buning yo‘llarini ko‘pchilik ham bilavermaydi.
Agar siz benzin quyishda benzonasosni oxirigacha bosib tursangiz, bakda ko‘pikchalar paydo bo‘la boshlaydi. Shunda ko‘pchilik bak to‘ldi, deb o‘ylashi tabiiy. Lekin hali yana quyish imkoni bor.
Shunchaki ozroq kutish kerak va ko‘pikchalar hosil qilgan gaz chiqib ketishini kuting. Agar nasosni unchalik kuch bilan bosmagan bo‘lsangiz, bakka ko‘proq benzin sig‘ib ketadi.
Bu layfhak albatta o‘z-o‘ziga xizmat qiladigan AYoQShlarda asqotadi. Benzinni o‘zingiz quysangiz, shuncha foydasi bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter