Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts dunyo boylari reytingida «pastga quladi»

Bill Geyts dunyo boylari reytingida «pastga quladi»

Microsoft asoschisi Bill Geyts rafiqasi bilan ajrashganidan so‘ng, dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida beshinchi o‘ringa tushib ketdi. Bu haqda Forbes jurnali ma’lum qildi.

Gazetaning yozishicha, hozir uning boyligi 129,6 milliard dollarga teng. To‘rtinchi o‘rinni Facebook rahbari Mark Sukerberg egalladi (130,3 milliard dollar).

Eslatib o‘tamiz, may oyida Bill va Melinda Geyts ajralishlarini e’lon qilishdi. Avgust oyida OAV ular «ajrashish bitimi»ni imzolashga kelishgani haqida xabar tarqatgan. Geytsning ajrashish to‘g‘risidagi protsessi tarixga eng qimmat ajrim sifatida kirishi mumkin. Undan olidingi rekordni Amazon rahbari Jeff Bezos o‘rnatgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring