Bir guruh mansabdorlar jazolandi
Paxta terim mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 21 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima tayinlandi. Bu haqda 13 oktabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi bosh Davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyazmetova ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tajribali xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhlar tomonidan hududlarda bugungi kunga qadar 10 mingdan ortiq monitoring tadbirlari o‘tkazildi.
«Inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 64 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, call markaz orqali — 40 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali — 23 ta hamda 1ta yozma murojaat kelib tushgan.
Mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 21 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima tayinlandi, ya’ni 4 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 13 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 4 ta holatda terim pullarining o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortildi, — dedi Gulruh Niyazmetova.
Qo‘shimcha qilinishicha, aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf etish yuzasidan 65 ta holat yuzasidan yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.
Ma’lumot uchun, amaldagi qonunchiligimizga muvofiq majburiy mehnat taqiqlangan hamda unga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter