Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

+402. Yillik antirekord yangilanmoqda, ikki bemor vafot etdi

+402. Yillik antirekord yangilanmoqda, ikki bemor vafot etdi

Foto:«Podrobno.uz»

2021-yil 29-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90808 (+402) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi. 

Yangi kasallanish holatlarining:

3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
5 nafari Andijon viloyatida,
3 nafari Buxoro viloyatida,
8 nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
4 nafari Navoiy viloyatida,
4 nafari Namangan viloyatida,
69 nafari Samarqand viloyatida,
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
6 nafari Surxondaryo viloyatida,
9 nafari Farg‘ona viloyatida,
6 nafari Xorazm viloyatida,
64 nafari Toshkent viloyatida,

209 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 649 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3092 nafar bemor davolanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring