Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir kunda ikkinchi antirekord. Hindistonda COVIDga chalinganlar 5 millionga yaqinlashdi

Bir kunda ikkinchi antirekord. Hindistonda COVIDga chalinganlar 5 millionga yaqinlashdi

Foto: «AP Photo/Rajanish Kakade»

NDTV telekanalining xabariga ko‘ra, Hindistonda navbatdagi koronavirus infeksiyasi tarqalishi bir kecha-kunduzda 94 372 kishining kasallanishiga olib keldi. Buning oqibatida mamlakatda koronavirus aniqlanganlar soni jami 4 754 356 nafarga yetdi.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni 78 586 kishiga yetgan, o‘tgan 24 soat ichida 1 114 bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Shunga qaramay, 37 02 595 nafar hindistonlik yangi tipdagi infeksiyadan xalos bo‘lgan.

Maxarashtra pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan shtat bo‘lib qolmoqda. Undan keyin mamlakatning uchta janubiy hududi o‘rin olgan: Andxra-Pradesh, Tamilnad va Karnataka.

Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston COVID-19 bilan kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi. Amerika Qo‘shma Shtatlari bu borada yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring