Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir nafar sudya ishdan olindi, 25 nafari intizomiy javobgarlikka tortiladi

Bir nafar sudya ishdan olindi, 25 nafari intizomiy javobgarlikka tortiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi jinoyat ishi bo‘yicha tuman sudi raisni ishdan oldi, yana 25 nafar sudya intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berdi. Bu haqda bugun kengash matbuot xizmati «Telegram»dagi kanalida ma’lum qildi. 

Vazifasidan ozod etilgan sud raisi sudyalik qasamyodini buzgani aytiladi. Bundan tashqari   Kengash mart oyida vakolat muddati tugagan 4 nafar sudyani navbatdagi 10 yillik muddatda tayinlash masalasi ham muhokama qilgan.

Pirovardida, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan:

Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Baxodirjon Baxtiyorovich Ergashev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Kamoliddin Ravshanovich Murodov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga;

Qobuljon G‘ulomjon o‘g‘li Abdullayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi, deyiladi axborotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring