Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir oyda 4 mingta oila ajrab ketgan – Davstatqo‘m

Bir oyda 4 mingta oila ajrab ketgan – Davstatqo‘m

O‘tgan yilning dekabr oyi mobaynida respublika bo‘ylab qariyb 4 mingta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha kuzatilgan 3 992 ta nikohdan ajralish holatlari rasman FHDYo organlarida qayd etilgan.

Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 423 taga oshgan.

Hududlar kesimida qayd etilgan ajralishlar soni:

  • Toshkent shahri – 501 ta
  • Farg‘ona viloyati – 479 ta 
  • Andijon viloyati – 444 ta
  • Namangan viloyati – 399 ta 
  • Toshkent viloyati – 370 ta
  • Samarqand viloyati – 344 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 252 ta
  • Surxondaryo viloyati – 216 ta
  • Xorazm viloyati – 210 ta
  • Buxoro viloyati – 198 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. – 155 ta 
  • Jizzax viloyati – 149 ta 
  • Sirdaryo viloyati – 144 ta
  • Navoiy viloyati – 131 ta  
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring