Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir qator amaldorlar lavozimidan ozod qilindi

Bir qator amaldorlar lavozimidan ozod qilindi

O‘zbekistonda bir nechta agentlik rahbarlari boshqa egallab turgan lavozimidan ketdi.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shohrux Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq hamda boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Kamoliddin Tolipov O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi rahbarlarini lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Unga ko‘ra, Alisher Inakov Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan; Bahodir Karimov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan; G‘ayrat Isroilov Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring