Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir soatdan so‘ng Yevropa ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanadi

Bir soatdan so‘ng Yevropa ligasi 1/8 finaliga qur’a tashlanadi

Foto: «Sportbox»

Kecha «Ko‘hna qit’a» yashil maydonlarida Yevropa ligasi 1/16 finali javob o‘yinlari yakuniga yetib, keyingi bosqichga yo‘l olgan jamoalar nomi aniqlandi.

UEFA sayti xabar berishicha, turnir pley-off bosqichiga yo‘l olgan «Atalanta», «Leypsig», «Sevilya», «Portu», «Barselona», «Betis», «Reynjers» va «Braga» bitta savatdan joy oldi va ular bir-biriga qarshi o‘ynamaydi.

Ikkinchi savatda: «Ayntraxt», «Bayer», «Vest Hem», «Galatasaroy», «Lion», «Monako», «Spartak» va «Srvena Zvezda».

1/8 finaliga qur’a tashlash marosimi bugun, 25-fevral sanasida Shveysariyaning N’on shahrida Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Ushbu bosqichning ilk o‘yinlari 10 mart, javob o‘yinlari bir haftadan so‘ng o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring