Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir sutkada koronavirus va pnevmoniyadan o‘ndan ziyod kishi vafot etdi

Bir sutkada koronavirus va pnevmoniyadan o‘ndan ziyod kishi vafot etdi

2021y-il 22-avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni149876 (+818) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

74 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
39 nafari Andijon viloyatida,
25 nafari Buxoro viloyatida,
46 nafari Jizzax viloyatida,
19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
16 nafari Navoiy viloyatida,
33 nafari Namangan viloyatida,
86 nafari Samarqand viloyatida,
21 nafari Sirdaryo viloyatida,
74 nafari Surxondaryo viloyatida,
71 nafari Farg‘ona viloyatida,
22 nafari Xorazm viloyatida,
94 nafari Toshkent viloyatida,
198 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1028 nafarni tashkil qildi.

22-avgust kuni 349 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, jami bemorlar soni 21113 nafarga yetdi. Kecha ularning 332 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 13710 nafarni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 145 nafarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring