Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir xonadondan 4 140 litr benzin chiqdi

Bir xonadondan 4 140 litr benzin chiqdi

Nukus shahridagi xonadondan 4 140 litr «Ai-80» markali benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus shahar bo‘limi, IIV va FVB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.T. Nukus shahri Moychilar ko‘chasidagi o‘z xonadonida «yama» tashkil etib, noqonuniy daromad orttirish maqsadida «Ai-80» markali benzin yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlanib, jami 4 140 litr benzin yoqilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq benzinfurushlarga qarshi reyd boshlangani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring