Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Biri o‘zini poyezd tagiga tashladi, boshqasi esa joniga qasd qildi, lekin…

Biri o‘zini poyezd tagiga tashladi, boshqasi esa joniga qasd qildi, lekin…

«17 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi», «18 yoshli qiz bedarak yo‘qoldi», «Molxonada 2 nafar qiz osilgan holatda topildi» kabi xabarlarni bugun matbuotda tez-tez o‘qib turibmiz, bu xabarlar alamli va inson vujudini tirnaydi. Yoshgina kelinning hayoti besh ming so‘mga baholanibdi. Bitta qo‘ng‘iroq navnihol qizning nomusiga tenglashtirilibdi. Bir og‘iz malomat ona va uning qizaloqlari hayot-mamotini hal qilibdi. Qizlar hayotida o‘zgarishlar ko‘p, «quruq qoshiq og‘iz yirtar» deganlardek, amaliy natijalar ham bor. Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etdi. Senatda esa bu ko‘rsatkich qariyb 25 foizga yetdi, 1294 nafar xotin-qiz tadbirkorlik foliyatini boshladi.Aslida, ayollarga nisbatan bo‘lgan munosabat jamiyatning rivojlanish darajasini belgilaydi. Asta-sekin jamiyatimizda qiz bolaning ta’lim-tarbiyasi, dunyoqarashi uning sepidan ko‘ra qadrliroq ekanini; to‘ydan keyin farovon turmushni rejalashtirish, oddiy maishiy sharoitlarni yaxshilash, ta’limga, ma’rifatga sarmoya kiritish dabdabali to‘y o‘tkazishdan ko‘ra afzal ko‘rilayotgani; inson qadr-qimmati, sha’ni o‘zgalarning fikridan muhimroq ekanligini tushunib yetishlari uchun ko‘proq amaliy qadamlar kerak.

Yevropa ittifoqi tomonidan 12 ming yevro grandni qo‘lga kiritgan 23 yoshli Hilola To‘xtamurodova haqida maqola tayyorlashga axd qilganimizning boisi, qiyinchiliklarga bo‘yin egmagan va aniq maqsadlar bilan harakat qilayotgan qizlarni namuna qilib ko‘rsatish.  Hilola To‘xtamurodova «Dunyo sen bilan» nomli Daun sindiromi bor bo‘lgan bolalarni hunar o‘rganishlariga ko‘maklashuvchi ijtimoiy loyiha muallifi. Uning ushbu ijtimoiy loyihasi Yevropa Ittifoqi tomonidan yuqori baholanib 12 ming yevro mablag‘lari orqali moliyalashtirilgani o‘zbek qizlari uchun faxr. Joriy yilning 20-23 mart kunlari Qirg‘isizton Respublikasining Bishkek shahrida tashkil etilgan xalqaro yoshlar festivalida Hilola ham Daun sindiromi bor bolalar bilan ishlashga qaratilgan ilmiy metodik qo‘llanmasi shuningdek, mamlakatimnizning 11 hududdida 276 nafar «quyoshli bolalar» ga hunar o‘rgatgani haqida loyiha natijasi va tahlilarini xorijliklar bilan bo‘lishdi..

«Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish kerakligi haqida ko‘p gapiriladi. Ammo jamiyat ular bilan muloqotga qanchalik tayyor?» – deydi loyiha muallifi daun sindiromli bolalar juda mehribon, sabrli va oqko‘ngil bo‘ladi. Hech qachon yolg‘on gapirishmaydi, hammani birdek yaxshi ko‘rishadi. O‘z olamlarida yashashadi. Ular –«quyosh bolalari» ya’ni har biri bolakay quyoshli. Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolalarda boshqa bolalarga nisbatan aqliy va jismoniy ortda qolish kuzatiladi. Ular o‘z oila a’zolariga o‘xshagani bilan yuz tuzilishi jihatidan hammadan ajralib turadi. Kasallikni davolab bo‘lmasada, Daun sindromi bilan tug‘ilgan bolaga maxsus jismoniy va aqliy muolajalarni o‘tkazib, uning rivojlanishini yaxshilash, jamiyatda o‘z o‘rni bo‘lishi uchun imkoniyat yaratib berish mumkin.

Yurtimizda bu kabi bolalar uchun ijtimoiy loyihalar tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda, o‘tgan yili BMT ning taraqqiyot dasturi ishtirokchilari o‘zbekistonlik opa-singillar Daun sindromi bo‘lgan bolalar uchun mobil ilova ishlab chiqqani e’lon qilingan edi. Bunday ilova ishlab chiqishlariga sabab esa, 18-yoshli Nastarinlar oilasida ham «quyoshli bola» dunyoga kelgani bo‘lgan. «Ukamiz tug‘ilganida bu diagnoz haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas edik. Ota-onam shok holatiga tushishgandi. Ularning tushkunlikni yengib o‘tishlari juda qiyin kechdi. Jamoatchilik fikri ham yordam bermadi» shundan so‘ng singlim bilan «Sun child», ya’ni «Quyosh-bola» mobil ilovasini ishlab chiqdik. Dasturni takomillashtirish va uni dunyo bo‘ylab foydalanishlari uchun chet tillarida ham ma’lumotlar to‘plab dastur qamrovini ommalashtirish maqsadidamiz.

Biri o‘g‘il farzand ko‘rolmagani uchun qizlari bilan o‘zini poyezd tagiga tashladi. Boshqasi kaltaklarga chidolmay, o‘zini osdi. Qo‘shnilaridan yo‘lkiraga besh ming olganiga do‘pposlashibdi. Norasida qizning nomusiga tekkan kimsa jazosiz qoldi, oilaning zo‘ravonga kuchi yetmadi. Biroq, shunday jarayonda ham temirdek irodasi va guldek nozikligi bilan harakat qilayotgan qizlarni ham shunday taqdir kutishini unutmaylik.Qizlarni qo‘llab-quvvatlashda faol bo‘ling, imkoningiz bo‘lsa – ularni tinglang va uddalashiga ishontiring. Har bir aqlli inson ortida – ayollar turishini yoddan chiqarmang vatandosh.

Marjona Jo‘raqulova, 
Respublika «Ittifoq» sardori

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring