Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi chorakda 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorij safariga chiqqan

Birinchi chorakda 1,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorij safariga chiqqan

Foto: Statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida 1 million 519 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 256,5 ming nafarga yoki 20,3 foizga ko‘proqdir.

O‘zbekistonliklarning chet elga chiqish maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

  • Qarindoshlarni yo‘qlash — 1 189 827 nafar
  • Sayyohlik — 307 199 nafar
  • Davolanish — 11 764 nafar
  • O‘qish — 7 437 nafar
  • Xizmat safari — 3 320 nafar

Eslatib o‘tamiz, mazkur ma’lumotlar faqat turistik maqsadlarda chiqqan fuqarolarni qamrab oladi. Ishlash yoki doimiy yashash uchun xorijga chiqqanlar bu raqamga kiritilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring