Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Birinchi Jahon onlayn-olimpiadasi: O‘zbekiston kimlar bilan shaxmat o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Birinchi Jahon onlayn-olimpiadasi: O‘zbekiston kimlar bilan shaxmat o‘ynashi ma’lum bo‘ldi

Foto: «RIA Novosti»

Shaxmat bo‘yicha birinchi Jahon onlayn-olimpiadasi yuqori divizionining guruh bosqichida O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekistonlik shaxmatchilar A guruhidan joy olishdi. U yerda, shuningdek, Mo‘g‘uliston, Gruziya, Germaniya, Xitoy, Zimbabve, Hindiston, Indoneziya, Eron, Vetnam terma jamoalari dona surishadi.

Qolgan guruhlar quyidagicha joylashgan:

B guruhi: Ozarbayjon, Vengriya, JAR, Ukraina, Slovakiya, Qozog‘iston, Ispaniya, Norvegiya, Fransiya, Niderlandiya;

S guruhi: Rossiya, Armaniston, Jazoir, Marokash, Angliya, Ruminiya, Bolgariya, Turkiya, Xorvatiya va Misr.

D guruhi: Italiya, Braziliya, AQSh, Argentina, Polsha, Peru, Kanada, Gretsiya, Paragvay, Kuba.

Onlayn-olimpiadaning yakuniy bosqichi 21-avgustda boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring