Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi ochildi

Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi ochildi

Joriy yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universitetining birinchi yotoqxonasi talabalar uchun o‘z eshiklarini ochdi. 

Xostelda 200 o‘rin mavjud bo‘lib, ulardan 150tasi o‘g‘il bolalar uchun, 50tasi qizlar uchun mo‘ljallangan.

Har bir turar joy qavatida istiqomat qiluvchilar uchun xonalar, shu jumladan o‘quv xonalari mavjud.

Barcha kerakli uskunalar bilan jihozlangan oshxonalar: muzlatgich, mikroto‘lqinli pech, plita, ovqatlanish xonasi, hammom, hojatxona, Wi-Fi nuqtalari va xavfsizlik tizimi bilan ham ta’minlangan.

Yotoqxona ichki jihozlanishini samarali tashkil etish uchun Inha universiteti (Koreya Respublikasi) tajribasi birinchi marta qo‘llanildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring