Birja savdolari orqali 19 dekabr kuni 4000 tonna AI-80 markali avtobenzin sotuvga qo‘yildi – «O‘zbekneftgaz»
2022 yil 18 dekabr kuni 4,4 ming tonna AI-80 rusumli avtobenzin ishlab chiqarildi, shu jumladan 3,3 ming tonna Buxoro va 1,1 ming tonna Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida.
Iste’molchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan o‘z vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.
Joriy oy davomida neft bazalarga jami 56544 tonna, jumladan 18 dekabr kuni 3682 tonna AI-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.
2022 yil 18 dekabr kuni tasarrufdagi neft bazalari orqali iste’molchilarga jami 2415 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi. Jumladan, Toshkent shahri va viloyatiga 1581 tonna, Andijonga 286 tonna, Buxoroga 136 tonna, Qashqadaryoga 33 tonna, Namanganga 314 tonna, Surxondaryoga 21 tonna, Farg‘onaga 44 tonna.
Neftni qayta ishlash zavodlarida 88,6 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan bo‘lib, jumladan Buxoro zavodida 65,6 ming tonna va Farg‘ona zavodida 23 ming tonna.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter