Biryo‘la sakkiz hududda yangi bemorlar aniqlandi

2020-yil 29-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 (+276) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 153 nafari Toshkent viloyatida, 51 nafari Toshkent shahrida, 30 nafari Namangan viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 12 nafari Farg‘ona viloyatida, 11 nafari Qashqadaryo viloyatida, 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 3 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 777 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter