Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bishkek hokimi bozorga mashinalarni bepul kiritishni buyurdi

Bishkek hokimi bozorga mashinalarni bepul kiritishni buyurdi

Foto: Facebook/312Bishkek

Bishkek shahri hokimi Aybek Junushaliyev bozorga avtomobillarning kirishi uchun olinayotgan to‘lovni bekor qildirdi.

Kecha, 12-avgust kuni «Kudaybergen» bozorini tekshirishga borgan hokim kirishda haydovchilardan pul olinayotganini ko‘rib, jahli chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, bozorga kirishda yengil mashinalardan 25 somdan, yuk mashinalaridan 40 somdan undirib kelingan (1 qirg‘iz somi — 143,53 so‘m).

«Nimaga asoslanib bozorga kirish uchun pul olyapsizlar? Bu pullar qayerga va qancha miqdorda borib tushyapti?», deb so‘radi hokim bozor xodimlaridan.

Foto: Facebook/312Bishkek

Ularning aytishicha, avtomobillardan kunlik tushum 15 mingdan 20 ming somgacha va bu pullar bozor ma’muriyatiga borib tushyapti.

Tekshiruvdan so‘ng, hokim bozorga kirishda haydovchilardan pul undirishni bekor qilishni buyurdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring