Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitkoin qiymati 40 ming dollardan oshdi

Bitkoin qiymati 40 ming dollardan oshdi

Foto: «The Last Futurist»

Kecha, payshanba kungi savdolarda bitkoin 40 ming dollardan qimmatlashdi. Bu haqda «CoinDesk» portali ma’lumotlari shohidlik beradi.

Shu tarzda kriptovalyuta qiymati tarixiy maksimumgacha yangilandi. Bitkoin narxi 8,5 foizga o‘sib, eng yuqori cho‘qqisida 40 013 dollarni tashkil etgan.

7-yanvarga o‘tar kechasi, Vashington (AQSh)dagi tartibsizliklar fonida, bitkoin rekordi 36 470 dollargacha chiqqandi. Tongda rekord yana bir marta yangilanib, 37 168 dollargacha ko‘tarilgan.

2020-yilning dekabr oyida jahon bo‘yicha taxminan 19 millionta bitkoin mavjudligi aniqlangandi, 2021-yilda ko‘rsatkich 21 millionga yetishi kutilmoqda. Talab taklifdan oshib borayotgani bois, kriptovalyuta qimmatlashda davom etadi. Shuning barobarida unutilgan parollar, mayning mashinalaridagi buzilishlar oqibatida uch milliondan besh milliongacha bitkoin yo‘qotilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring