Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh kotibining yordamchisi Stefan Dyujarrik bilan uchrashuv o‘tkazildi

BMT Bosh kotibining yordamchisi Stefan Dyujarrik bilan uchrashuv o‘tkazildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibining yordamchisi — BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilingan.

«O‘zbekiston va BMTning qo‘shma tadbirlarini, jumladan oliy darajadagi tashriflarni axborot bilan ta’minlash va yoritish jarayonida xizmatlarimiz doimiy ravishda yaqin hamkorlik qilib kelayotgani, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’anaga aylanganini mamnuniyat bilan qayd etdim», — deb yozdi Asadov.

Uchrashuvda jurnalistlar o‘rtasida tajriba almashish va ularning salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Bu jarayonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining turli tuzilma va institutlari imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, O‘zbekiston va BMTning qo‘shma tashabbuslarini keng yoritishda mamlakatimizdagi OAV vakillarining faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlash haqida so‘z borgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring