BMT Isroilni vazminlikka chaqirdi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroil armiyasining Livan poytaxti Bayrutning aholi zich joylashgan hududlariga hujumidan qattiq xavotir bildirdi. Bu haqda BMT matbuot kotibi ma’lum qildi.
Bayonotda tomonlar maksimal darajada vazminlikka chaqirilib, keskinlikning yanada kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik so‘raladi.
Shuningdek, barcha tomonlar xalqaro huquqqa muvofiq o‘z majburiyatlarini bajarishi shartligi ta’kidlanadi.
Tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashining 1701-rezolyusiyasini «to‘liq» bajarishi va mojaro zudlik bilan tugatilishi kerak, deyiladi u.
Eslatib o‘tamiz, Isroil kuchlari Beyrut janubidagi Huhreyk mahallasida «Hizbulloh» harakatining kengashi joylashgan binoga havo hujumi uyushtirdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, yana 74 kishi yaralangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter