Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMTga birinchi marta ayol kishi rahbarlik qilishi mumkin

BMTga birinchi marta ayol kishi rahbarlik qilishi mumkin

Foto: Shutterstock

BMTni birinchi marta ayol kishi boshqarishi mumkinligi haqida Bloomberg xabar berdi.

«Shu paytgacha BMTga rahbarlik qilgan to‘qqiz kishining barchasi — erkaklar. O‘zgarishlarga chaqiriqlar tobora ko‘proq yangramoqda», — deyiladi xabarda.

Sentyabrda qabul qilingan rezolyusiya BMT a’zolarini tashkilot bosh kotibligiga nomzodlarni tanlashda ayollar nomzodlariga «jiddiy e’tibor qaratish»ga chaqiradi. Ushbu lavozimga ehtimoliy nomzodlar orasida Yangi Zelandiya sobiq bosh vaziri Jasinda Ardern ham bor.

Arderndan tashqari, yana uch ayol BMT bosh kotibligiga nomzod bo‘lishi mumkin: Barbados bosh vaziri Mia Mottli, BMTning inson huquqlari bo‘yicha sobiq komissari Mishel Bachelet hamda BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Amina Muhammad.

BMT Bosh kotibi, Xavfsizlik kengashi tavsiyasiga ko‘ra, Bosh assambleya tomonidan tayinlanadi. U nomzodlarni oldindan tanlaydi va taklif qilingan har qanday variantga veto qo‘yishi mumkin. Bir kishi uchun besh yillik muddatlar soniga cheklovlar yo‘q, ammo shu paytgacha hech kim ikki muddatdan ortiq Bosh kotib lavozimini egallab turmagan. Tashkilotning amaldagi — to‘qqizinchi rahbari Antoniu Guterrish 2017-yil 1-yanvardan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring