Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bog‘cha mudirasi metodist boshini bokal bilan urib yordi

Bog‘cha mudirasi metodist boshini bokal bilan urib yordi

Foto: «Daryo»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida xodimlar bir-birlarini «krujka» bilan urib boshini yorishdi» sarlavhasi ostidagi video tarqalgan.

Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 1-iyul kuni Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birining mudirasi Ch.A. hamda shu muassasa metodisti E.G.lar o‘rtasidagi kelishmovchilik natijasida janjal yuzaga kelgan. Janjal davomida Ch.A., E.G.ning bosh qismiga bokal bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 2-iyul kuni Qo‘shrabot tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring