Bojsiz olib kiriladigan mahsulotlar miqdori kamaytirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining bojxona bo‘yicha yangi qarori e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 maydan boshlab jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun notijorat maqsadlarida respublikaga olib kiriladigan tovarlarni bojsiz olib kirishning quyidagi normalari belgilandi:
- havo transportida - 1000 dollar (amalda 2000 dollar);
- temir yo‘l va daryo transportida - 500 dollar (amalda 1000 dollar);
- avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali - 300 dollar;
- xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali - 200 dollar (amalda bir chorakda 1000 dollar);
- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali - 100 dollar (o‘zgarmagan).
Bundan tashqari, bojsiz tovar olib kirish limitidan foydalanish uchun fuqaro piyoda yoki avtomobilda kirib kelayotgan paytda kamida 2 kun, samolyotda kelayotganida esa kamida 3 kun O‘zbekiston hududidan tashqarida bo‘lishi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter