Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxona institutiga o‘qishga qanday kirish mumkin?

Bojxona institutiga o‘qishga qanday kirish mumkin?

Foto: «Uz24.uz»

Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019-yildagi 365-son qarori bilan Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi belgilandi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

«Bojxona ishi» va «Yurisprudensiya» yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatga qabul bir nechta bosqichda: dastlabki tanlov; maxsus kasbiy tanlov; test sinovlari orqali o‘tkaziladi. 

Arizalar 1-yanvardan 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Dastlabki tanlov quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
  • yakka tartibda suhbatlashish;
  • individual-psixologik o‘rganish;
  • umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

Maxsus kasbiy tanlov 25-iyungacha o‘tkaziladi va quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • psixofiziologik o‘rganish;
  • tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
  • yozma ish (diktant);
  • kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasini tekshirish;
  • yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Test sinovlari 5-iyulgacha o‘tkaziladi.

Ushbu oliy o‘quv yurtining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi alohida nizom bilan tasdiqlangan.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.04.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring