Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bojxonachilar katta «operatsiya»ni fosh qilishdi

Bojxonachilar katta «operatsiya»ni fosh qilishdi

Respublikamiz bojxonachilari xorijdan keltirilgan tovarlar uchun bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida sodir etilgan navbatdagi nayrangga chek qo‘yishdi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik sub’yektlaridan birining nomiga xorijdan keltirilgan yuk konteyneridagi tovarlar, ya’ni kosmetika va pardoz vositalari belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun «Qo‘qon» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga yo‘naltiriladi.

Ammo, mazkur konteynerdagi tovarlar belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida esa, kosmetika va pardoz vositalari o‘rniga salkam 1,5 tonna shisha idishlar hamda 21 tonnadan ziyod kir yuvish kukunlari ortilganligi aniqlandi. Bu esa yuklar yo‘l davomida almashtirib qo‘yilganligini anglatar edi.

Mazkur konteynerdagi tovarlar dastlab poytaxtning Bektemir tumanidagi omborlardan biriga tushirib qoldirilgan va bu yerdan tovarlar boshqa transport vositasiga ortilib, olib chiqib ketilganligi ma’lum bo‘ldi.

Qarangki, yuklar Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tadbirkorlardan birining omboriga tushirilgan ekan.

Mazkur ombor belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, bu yerda 461 turdagi salkam 721 ming dona kosmetika va pardoz vositalari, shuningdek shisha idishlar va kir yuvish kukunlari saqlanayotganligi aniqlandi.

Ushbu tovarlarning umumiy qiymati esa 11 mlrd. 881 mln. 700 ming so‘mni tashkil qilmoqda. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring