Boks bo‘yicha jahon chempionatini O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda yakunladi

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetdi.
Akmaljon Isroilovning «oltin»i jamoamiz medallari sonini 10 taga yetkazganidan so‘ng O‘zbekiston umumjamoaviy hisobda birinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Ammo so‘nggi — eng og‘ir vaznlilar finali doirasidagi Jahongir Zokirov va qozog‘istonlik Oybek Oralbay jangi umumjamoviy medallar jamg‘armasida g‘olib mamlakatni aniqlab berdi.
Jahongir Zokirov 1 va 2-raundlarda ustunlikni qo‘lga kiritdi, ammo so‘nggi raundda faolroq jang qilgan Oybek Oralbayni hakamlar g‘olib deb e’lon qilishdi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Angliyadagi jahon chempionatini 6 oltin, 2 kumush va 3 bronza — jami 11 medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter