Boks bo‘yicha O‘zbekiston U22 jamoasi ham Osiyo chempionatida tengsiz

Tailandda boks bo‘yicha U22 yosh toifasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur yosh toifasida ham o‘zbekistonlik bokschilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, qit’ada tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi. Murosasiz bellashuvlarda o‘zbekistonlik bokschilar 8 ta oltin, 6 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Oltin medal:
- -51 kg: Gulsevar G‘aniyeva
- -57 kg: Xumorabonu Mamajonova
- -55 kg: Samandar Olimov
- -65 kg: Sayat Ilyasov
- -70 kg: Muhammadazizbek Ismoilov
- -75 kg: Shavkatjon Boltayev
- -85 kg: Abdulaziz Abdurahmonov
- +90 kg: Halimjon Mamasoliyev
Kumush medal:
- -48 kg: Robiyaxon Baxtiyorova
- -54 kg: Uzukjamol Yunusova
- -70 kg: Oysha Toirova
- -60 kg: Shohruh Abdumalikov
- -80 kg: Rahmatullo Boymatov
- -90 kg: Shahzod Polvonov
Bronza medal:
- -50 kg: Behruz Xoldorov
- -60 kg: Odinaxon Ismoilova
- -65 kg: Mohira Ahmedova
- +81 kg: Diyoraxon Abdumannobova
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘tgan U19 yosh toifasidagi bahslarda ham o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan eng yaxshi natijani qayd etishgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter