Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks maktabida zo‘ravonlik bo‘lganmidi?

Boks maktabida zo‘ravonlik bo‘lganmidi?

VVS O‘zbek axborot xizmati tomonidan YouTube ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali «O‘zbekiston: boksdagi zo‘ravonliklar bo‘lajak chempionlar orzusini bo‘g‘moqdami?» sarlavha ostida videolavha namoyish etilgan edi. 2020 yil 14 fevral kuni Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida ushbu videolavha asosida muhokama o‘tkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2019/2020 o‘quv yilining birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan attestatsiya yakunlariga ko‘ra sport natijasi bo‘lmagani uchun o‘quvchilar safidan chiqarilgan 10-sinf o‘quvchisi Rixsitilla Sadirovning onasi Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Oqmasjid mahallasi, Atoiy ko‘chasi 85-uyda istiqomat qiluvchi Qurbonova Gulnora Qadirjanovna VVS O‘zbek kanaliga o‘g‘lini nohaq o‘quvchilar safidan chiqarilganligi va unga nisbatan trenerlar tomonidan tazyiq o‘tkazib kelinganligini aytib, video murojaat yo‘llagan.

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida tashkil etilgan muhokamada ushbu videolavha barcha ishtirokchilar — maktab-internat rahbariyati va xodimlari, Lutfiy mahallasi raisi va mahalla vakillari hamda maktab-internat sportchi yoshlari bilan birgalikda muhokama qilindi.

Videolavhada ma’lum qilinishicha, Rixsitilla Sadirov darsga kech qolganida fan o‘qituvchilari trenerga o‘quvchilarni tartibga chaqirish yuzasidan murojaat qiladi, trener sportchilarni boks zaliga chaqirib, darsga qatnashmagan yoki kech qolgan o‘quvchilarga nisbatan kuch ishlatilganini, maxsus sport anjomi (prigalka) bilan oyoq osti va tananing bel qismiga urishini, onasi esa bunday holatda sportchilar qanday qilib yuksak sport natijasiga erishishi mumkinligini bildirgan.

Yig‘ilish ishtirokchilari oldida R.Sadirovning barcha sinfdoshlarining ustki kiyimlari yechilib, bel va orqa qismiga jarohat yetkazilganlik holati kuzatildi va jarohat izlari aniqlanmadi. Boks bo‘limi o‘quvchi-sportchilari trenerlar tomonidan ularga nisbatan kuch ishlatilmasligini bildirdi.

O‘quvchi-sportchilar tanasi kaltak izlariga tekshirildi

Shuningdek, R.Sadirov sportda natijaga erishmaganining asosiy sababi — boks bo‘limi trenerlari tomonidan unga nisbatan doimiy ravishda ruhiy bosim o‘tkazilayotgani, deb biladi.

Boks bo‘limi sportchilariga qaysi trener tomonidan ruhiy bosim o‘tkazilayotganligi haqida murojaat qilinganida, sportchilar bunday holat ro‘y bermaganligi bildirishdi.

Maktab-internat direktori A.Karimov o‘quvchi-sportchilarga murojaat qilib, boks bo‘limining trenerlari tomonidan haqiqatan ham tazyiq o‘tkazilganmi, ruhiy bosim qaysi trener va kimga o‘tkazilgan, shunday holatlar kuzatilgan bo‘lsa ochiq-oydin aytishini, trenerlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rilishini ta’kidlab, bunday holatlarga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini bildirdi.

Trenerlar jamoasi bilan alohida suhbat o‘tkazilib, sportchilarni tayyorlashdagi mehnatlari mashaqqatli ekanligi alohida ta’kidlandi. Har bir sportchi bilan ishlashda o‘zaro hurmat, insoniylik tamoyillariga amal qilgan holda yondoshish, terma jamoaga munosib nomzodlar tayyorlash borasida ilg‘or tajribalarni amaliyotga tadbiq etish borasida ko‘rsatmalar berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Manba: minsport.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring