Bolalar gematologiyasi markaziga yangi direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Jamila Po‘latova Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
J.Po‘latova 1998 yili II Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, klinik ordinatura va aspirantura bosqichlarida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida katta ilmiy xodimlikdan boshlab, yetakchi ilmiy xodim, bo‘lim ilmiy rahbari vazifalarida mehnat qilgan.
Tibbiyot fanlari doktori, professor J.Po‘latova tayinlovga qadar Toshkent davlat stomatologiya institutining onkologiya va tibbiy radiologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter