Bo‘lka non ortidan obinon narxi ham oshadi
Ertaga, 16-sentabrdan Toshkentda obinonning narxi oshishi mumkin. Bu haqda «Turon24» axborot agentligi xabar berdi.
Bunga 15-sentabrdan birinchi nav unning yangi narxi belgilangani sabab bo‘lgan. Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, birinchi nav unning ulgurji narxi 1400 so‘m etib belgilangandi.
Ertaga barcha novvoyxonalar va non ishlab chiqaruvchi korxonalar unni yangi narx bo‘yicha xarid qiladi. Bu esa mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi.
— Oldin biz unning kilosini 900 so‘m atrofida sotib olardik. Ertadan deyarli 50 foiz qimmatroq narxda sotib olishimizga to‘g‘ri keladi. O‘sha narxga qarab nonning narxini oshiramiz, — deya izoh bergan novvoylardan biri.
15-sentabrdan deyarli hamma joyda bo‘lka nonning narxi 650 so‘mdan 1200 so‘mga oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter