Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bomba Germaniyadagi saylovlarga xalaqit qildi

Bomba Germaniyadagi saylovlarga xalaqit qildi

Foto: «Point.md»

Germaniyaning Vuppertal shahar ma’muriyati aholidan Ikkinchi jahon urushi bombasini zararsizlantirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilayotgan joy yaqinidagi saylov uchastkalarida kechayotgan saylovlarda qatnashishni vaqtincha qoldirib turishni so‘radi. Bu haqda 26-sentyabr, yakshanba kuni shahar ma’muriyati vakiliga tayanib, «TASS» xabar bermoqda.

Shahar rasmiylariga ko‘ra, bomba 25-sentyabr, shanba kuni kechqurun aniqlangan. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilindi. Topilgan bombadan 500 metr narida beshta saylov uchastkasi joylashgan bo‘lib, ovoz berishga xalaqit qilgan. Shahar aholisidan sapyorlar uy ishlarini tugatmaguncha, uyda qolishni so‘rashgan va mahalliy vaqt bilan 18:00 gacha ovoz berishlari mumkinligini eslatib qo‘yishgan.

Hokimiyatning ogohlantirishidan qo‘rqmaganlar baribir ovoz berishlari mumkin — saylov komissiyalari o‘z joylarida bo‘lishadi.

26-sentyabr kuni Germaniyada mahalliy vaqt bilan 8:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) da Bundestagga ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochilgani xabar berilgandi.

Boshlangan ovoz berish natijalariga ko‘ra, yangi kansler boshchiligida yangi hukumat ham tuziladi. Germaniya birlashgandan buyon joriy saylovlarda eng ko‘p partiyalar — 47 assotsiatsiya, shuningdek, rekord miqdordagi nomzodlar — 6211 kishi ishtirok etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring