Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bortida 46 kishi bo‘lgan Rossiya samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi

Bortida 46 kishi bo‘lgan Rossiya samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi

Foto: Baza

Rossiyaning Amur oblastida bortida 46 kishi bo‘lgan An-24 yo‘lovchi samolyoti radarlardan yo‘qolib qoldi.

Xabarovsk — Blagoveshensk — Tinda yo‘nalishida parvoz qilayotgan An-24 aloqaga chiqmayapti, deb xabar bergan «Interfaks» va TASS favqulodda xizmatlarga asoslanib.

Aniqlik kiritilishicha, samolyotda 40 yo‘lovchi va olti nafar ekipaj a’zosi bor (samolyot bortidagi odamlar soni turli manbalarda farq qilmoqda).

Baza telegram-kanali yozishicha, samolyot birinchi urinishda qo‘na olmagan va ikkinchi aylanishga ketgan. Shundan so‘ng u bilan aloqa uzilib qolgan.

Qidiruvga Mi-8 vertolyoti va quruqlikdagi qutqaruvchilar jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring