Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura rossiyalik jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura rossiyalik jurnalistning o‘limi bilan bog‘liq holat bo‘yicha ma’lumot berdi

Illyustrativ foto.

Toshkentdagi mehmonxonada uch kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq ikki rossiyalik qurbon bo‘lgani xabar berilgandi

2024 yil 20 oktyabr kuni Mirobod tumanida joylashgan mehmonxonada Rossiya Federatsiyasi fuqarolari 1979 y.t Radchenko Maksim va 1977 y.t Papernaya Inessa Viktorovnalarning vafot etganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, ushbu mehmonxonaning boshqa xonasidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1976 y.t. U. X.N. ning ham vafot etganligi aniqlangan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida. 

Dastlabki sud tibbiy tashxisiga ko‘ra, marhumlarning o‘limi noma’lum etiologiyali zaharlanishdan kelib chiqqanligi ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishini qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmokda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring