Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura 14 yoshli bola IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganini inkor qilmoqda

Bosh prokuratura 14 yoshli bola IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirilganini inkor qilmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Farg‘onada 14 yoshli voyaga yetmagan shaxs joriy yil 17-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB muassasasida vafot etganligi haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Jumladan, marhumning yaqinlari ichki ishlar xodimlaridan gumon qilishmoqda.

Bosh prokuraturaning eslatishicha, hozirgi kunda ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Tergov mobaynida 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi marhum R.Abdusattorovni urib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan tan jarohatlari yetkazishgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat guvohlarning ko‘rsatuvlari va boshqa dalillar bilan o‘z isbotini topdi.

Shu sababli, jinoyat ishi doirasida ushbu 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qamoqqa olindi.

Bundan tashqari, ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Bosh prokuratura tomonidan mazkur jinoyat ishi tergovi va tekshiruv ustidan nazorat o‘rnatilgan», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring