Bosh prokuratura 18 nafar shaxsni rag‘batlantirdi

Bosh prokuratura tomonidan 2021-yilda jami 18 nafar shaxslar korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganligi yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashganligi sababli rag‘batlantirildi.
Qayd etilishicha, ushbu xabarlar asosida 16 ta holatda pora olish va 2 ta holatda budjet mablag‘larini juda ko‘p miqdordagi qiymatda talon-toroj qilish jinoyatlari fosh etilib, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi ta’minlangan.
«Albatta, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishda aholining barcha qatlamlari faol ishtirok etib kelayotganligi quvonchli holdir. Shu bois, barcha fuqarolarni jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz», deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter