Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ushlandi

Foto: Xabar.uz

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sh.V. qarindoshi Sh.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni va’da bergan.

U shu yilning 27-noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 7 dekabr kuni Sh.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi Sh.V. protsessual tartibda ushlandi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring