Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura ham kimyoviy modda ichib vafot etgan farg‘onalik o‘quvchi haqida axborot berdi

Bosh prokuratura ham kimyoviy modda ichib vafot etgan farg‘onalik o‘quvchi haqida axborot berdi

Foto:«Xabar.uz»

Farg‘ona viloyatida zaharli kimyoviy modda iste’mol qilgani tufayli vafot etgan maktab o‘quvchisi haqida xabar berilgandi.

Respublika bosh prokuraturasi ham mazkur masala yuzasidan bayonot berdi. Unga ko‘ra, holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. 18-fevral yil kuni sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda olingan noma’lum kimyoviy modda bo‘lagi tarkibini aniqlash bo‘yicha sudga oid kimyoviy ekspertizalar tayinlangan.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning 19-fevral kungi 63-sonli xulosasida voyaga yetmagan S.A.da gemorrogik peritonit va oshqozon devorlarini butunligini buzilishi bilan kechgan oshqozon va 12 barmoqli ichakning bir qismi kimyoviy kuyishi bo‘lib, bu og‘iz orqali qabul qilingan kimyoviy modda ta’siri natijasida yuzaga kelganligi qayd etilib, ushbu jarohatlar xayot uchun xavfli og‘ir shikastlar toifasiga kirishligi ko‘rsatilgan.

S.A.ning o‘zi 17-sonli umumta’lim maktabining 10-sinfida o‘qiydigan M. ismli bola noma’lum dori moddasini berib ichishi kerakligini aytganini bildirgan va u shundan so‘ng moddani iste’mol qilgan.

Bundan tashqari, holatni har tomonlama tekshirish maqsadida 20-fevral kuni voyaga yetmagan S.A. o‘qigan tumandagi 17-sonli umumta’lim maktabining kimyo laboratoriya xonasida mavjud moddalarning saqlanishini qonuniyligini o‘rganish yuzasidan viloyat XTBga tekshiruv tayinlangan.

Biroq, tergovga qadar tekshiruv davomida S.A. tuman shifoxonasining reanimatsiya bo‘limida vafot etgan va shu kundan uning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring