Bosh prokuratura: MIB xodimiga tarsaki tushirgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Kuni kecha qator ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, «Xabar.uz» ham yoritilgan voqea — MIB xodimiga tarsaki tushirib, so‘ng ochiqdan ochiq tuhmat qilishga o‘tgan ayol bilan bog‘liq lavhaga oydinlik kiritildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga bildirishicha, voqea Yunusobod tumanida, shu tuman Majburiy ijro byurosi davlat ijrochilari tomonidan tegishli sud qarori ijrosi jarayonida sodir bo‘lgan.
Fuqaro Z. D. ijro harakatlariga aloqasi bo‘lmagani holda voqea joyiga kelib, ijro harakatlariga halal berishi barobarida, davlat ijrochilari talablariga bo‘ysunmagan. Aksincha, ularning faoliyatiga faol qarshilik qilib, davlat ijrochisi B.M. Eshonqulov yuziga qasddan tarsaki tushiradi. Shundan so‘ng u go‘yoki davlat ijrochisi tomonidan o‘zi tarsaki yeganday qilib ko‘rsatishga tushadi.
Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar atroflicha o‘rganilib, Yunusobod tuman prokurori tomonidan fuqaro Z.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan (xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter